Samarqand temir yo'l texnikumi

TO'LIQ VERSIYAGA O'TISH

Texnikum yangiliklaridan xabardor bo'ling

Samarqand temir yo'l texnikumidan video lavxalar

2024-yilning 25-iyun sanasida Samarqand temir yo'l texnikumida 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar forumi tashkil etildi. Madhiya sadolari ostida boshlangan tadbirni Samarqand temir yo'l texnikumi direktori Isomov Oybek Sayfiddinovich ochib berdi.
Tadbirda Samarqand viloyati transport prokurori, adliya maslahatchisi Alixonov Bexzod Nizomidinovich, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Diltortar novalar va raqslarga boy chiqishlari bilan  tashrif buyurgan mehmon san‘atkorlar o‘quvchilar tomonidan ko‘tarinki ruhda qarshi olindi. 

2024-yilning 31-may kuni Samarqand temir yo'l texnikumida sportning mini-fudbol turi bo'yicha "Transport prokurori kubogi-2024" musobaqasining Final bosqichi bo'lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyat transport prokurori, adliya maslahatchisi Alixonov Bexzod Nizomidinovich va Samarqand temir yo'l texnikumi direktori Isomov Oybek Sayfidinovich ishtirok etishib, musobaqa g‘oliblari va tashkilotchilarni qutladi.

 Samarqand temir yo'l texnikum yangliklari.

Mobirise Website Builder
21.06.2024
 Samarqand temir yo'l texnikumi o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz bahslar va yuqori intrigaga boy o‘tgan o‘yinning yakuniy natijalari quyidagicha bo‘ldi.
1 - o‘rin - Ishlab chiqarish ta'lim ustalaridan iborat "Master klass" jamoasi
2 - o‘rin - Harakat tarkibi va vagonlarga texnik xizmat ko'rsatish kafedrasining "Afrosiyob" jamoasi
3 - o‘rin - Umumta'lim fanlar kafedrasining "Universal" jamoasiga nasib etdi
G‘olib va sovrindorlar texnikum rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.

Mobirise Website Builder
12.06.2024
 Samarqand temir yo'l texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Joriy yilning 12-iyun sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi O‘TIBDO‘B F.J.Jumayev, texnikum psixologi J.G‘.Islomov,  boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov, o‘quv bo‘limi uslubchisi B.V.Suyunovalar   tomonidan Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi ""Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida borayotgan yoshlar oyligi doirasida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining FINAL bosqichi o‘yinlari tashkil etildi. 
Murosasiz bahslar va yuqori intrigaga boy o‘tgan o‘yinning yakuniy natijalari quyidagicha bo‘ldi.
1 - o‘rin - 113-guruh
2 - o‘rin - 118A-guruh
3 - o‘rin - 116A-guruh.

Mobirise Website Builder
31.05.2024
Samarqand temir yo'l texnikumida sportning mini-fudbol turi bo'yicha "Transport prokurori kubogi-2024" musobaqasining Final bosqichi bo'lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand viloyat transport prokurori, adliya maslahatchisi Alixonov Bexzod Nizomidinovich va Samarqand temir yo'l texnikumi direktori Isomov Oybek Sayfidinovich ishtirok etishib, musobaqa g‘oliblari va tashkilotchilarni qutladi.
Shundan so'ng tantanali qismga o‘tilib, musobaqa sovrindorlari diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra natijalar quyidagicha bo'ldi:

1 - o‘rin - 119B - guruh
2 - o‘rin - 118 - guruh
3 - o‘rin - 115A - guruh.

Bu yilgi mini-fudbol bo‘yicha texnikum chempioni, "Transport prokurori kubogi-2024" sohibi
119B - guruh

Mobirise Website Builder
18.05.2024
Moziyga sayohat

Joriy yilning 18 -may kuni Samarqand temir yo'l texnikumi boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov, texnikum psixologi J.G‘.Islomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-sonli qarori 6-ilovasining 13.2-bandi ijrosini ta‘minlash maqsadida “Moziyga sayohat” dasturi doirasida texnikum o‘quvchilarining  Samarqand shahrida joylashgan muzeylarga sayohatlarini tashkil etishdi.

Mobirise Website Builder

Samarqand temir yo'l texnikum

Samarqand temir yo’l texnikumi sifatida 1932 yilda tashkil topgan. O'zbekiston Respublikasi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining 2002 yil 30 noyabrdagi №327-sonli va <<O'zbekiston temir yo'llari>> Davlat aksiyadorlik jamiyatining 2003 yil 20 fevraldagi 66-N-sonli buyruqlari asosida texnikumga Samarqand temir yo'l transporti kasb-hunar kolleji maqomi berilgan. O'zbekistom Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Profissional ta'lim tizimi yana takomillashtirishga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-sonli farmoni hamda "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 2 dekabrdagi 1327-N-sonli buyrug'iga asosan Samarqand temir yo'l texnikumi sifatida qayta tashkil etildi.

Mobirise Website Builder

Direktor

Isomov Oybek Sayfiddinovich
1986-yil Pastdarg’om tumanida tavallud topgan. 2009-yil Toshkent temir yo’l muhandislari inistituti, Elektromehanika fakultetini tamomlab, ushbu yili Samarqand temir yo'l kasb-hunar kollejiga O'qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2019 yilga qadar o'qituvchilik va bo'lim boshlig'i lavozimlarida ishlab kelgan. 2019 yil 19 may kunidan boshlab Samarqand temir yo'l texnikumi direktori bo'lib ishlab kelmoqda.

RAHBARIYAT

Mobirise Website Builder
Tog‘ayev Azamat Xusanovich

 Samarqand temir yo'l texnikumi ishlab chiqarish ta'limi bo‘yicha direktor o'rinbosari.

Mobirise Website Builder
Jumayev Fazliddin Jurakulovich

Samarqand temir yo'l texnikumi o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

Mobirise Website Builder
Pardayev Bunyod Nuraliyevich

Bo’lim boshlig’i. 

Mobirise Website Builder
Nematov Firdavs Dilshodovich

Xodimlar bo’yicha nozir.

Mobirise Website Builder
Boboqulov KamoliddinPo’latovich

Bosh hisobchi.

Mobirise Website Builder
Djalilova Sayyora Abdugaffarovna 

Hisobchi.

Mobirise Website Builder
Uldjabayev Baxtiyor Davlatovich 

Ichki nazorat inspektori.

Mobirise Website Builder
Jurayev Ilimdor Ilash o’g’li 

Hisobchi (Kontrakt).

Mobirise Website Builder
Erkayev Shuxrat Toshniyazovich 

Metodik bo’lim boshlig’i.

Mobirise Website Builder
Isomov Rabbim Buranovich 

Bo’lim boshlig’i.

Mobirise Website Builder
Uktamov Xurshid Faxriddin o'g'i

Axborot texnologiyalarini joriy etish yetakchi mutaxasisi.

Faxriy O'qituvchi

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Samarqand temir yo'l texnikum fidoyilari
1918 yil o'rta maxsus o'quv yurtlarining keng tarmoqlarini barpo etish to'g'risida
qaror qabul qilindi, shulardan biri Samarqand temir yo'l transport texnikumi hisoblanadi. 4 iyun 1932 yilda Doprizivnaya 10 ko'chasida internat maktabi qurilgan. Bir qavatli binoda joylashib, Samarqand temir yo'l texnikumi faoliyat ko'rsata boshladi.
1933 yil oktyabr oyida texnikum SSSR temir yo'llar xalq komissarligining O'rta Osiyo temir yo'llari va Samarqand zavod-fabrika bilim maktabi bilan qo'shilib, tashkil topdi. Bunga asos: O'rta Osiyo temir yo'llari boshqarmasining № 66/4 sonli (1933 yil)
arori bo'ldi.
Usha paytlarda uncha jihozlanmagan auditoriyalar bo'lib, sportzal, ustaxonalar, oshxona va yotoqxonalar yo'q edi, faqat bir qavatli ko'p katta bo'lmagan bino shakllangan edi.
O'sha davrda texnikumda ikkita bo'lim bo'lib, ekspluatasiya va porovoz mashinistlari tayyorlab, atigi 25 mutaxassis kadrlar tayyorlangan. 1936 yilda o'quv bazalari yetarli bo'lmagani uchun MPS ning o'quv ishlari bo'yicha Bosh boshqarma boshlig'ining ko'rsatmasi asosida Qizil-Orda temir yo'l transporti texnikumiga ko'chirildi.
Yillar o'tib, Samarqand temir yo'l texnikumi endi rivojlanib kuchga kirayotganda Ulug Vatan urushi boshlanib ketdi.
1941 yilda urushdan uzoqda bo'lganligi uchun Samarqand texnikumiga evakuasiya qilingan ikkita texnikumni o'z bag'riga qabul qilib oldi. Bular: Bryansk va Moskva temir yol tehnikumlari edi.
Shunday qilib, 1942 yilning 21 yanvarida MPS ning o'quv boshqarmasi bo'limining qaroriga asosan Samarqand texnikumi mustaqil faoliyat ko'rsata boshladi. Vaqt juda ham og'ir edi. Auditoriyalar yetmas, bir auditoriyada partalarda 50-55
talaba o'tirardi, yotoqxonalarda 30-40 kishi yashardi. Talabalar uyida 50-60 kishigacha o'quvchilar joylashtirilardi, kechalari kerosinli chiroqlardan foydalanar edilar. Ammo hamma og'ir ahvolga ko'nikib, biror kishi ham shikoyat qilmas edi.
Darslar ikki smenada o'tkazilardi. Darsdan keyin vokzalga shoshilib borilardi,
vagonlardan yuklarni tushirib, frontga yordam qilinardi. O'sha yillari temir yo'l transportida mahalliy mutaxassislar yetarli bo'lmagani
uchun 1950 yillarga qadar hamma darslar rus tilida olib borilardi.
Yildan-yilga temir yo'l transporti uchun kadrlarni tayyorlash va, texnikum qurilishi uzluksiz davom ettirildi. 1956 yilda o'zining hududida texnikum tomonidan 110 o'rinli oshxona, 1958 yilda ikki qavatli 100 o'rinli talabalar uyi, 1963 yilda sportzal qurildi.
1965 yildan buyon ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qish bo'limi ochildi hozirga qadar faoliyat ko'rsatib kemoqda, faqat mutaxassislarni tayyorlash kontrak va budjed asosida olib borilmoqda.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Contacts

AI Website Builder